Xorazm viloyatining barcha hududlarida oziq va nooziq-ovqat mahsulotlarining narx kuzatuvlari davom etmoqda.
Haftalik 5 narx (oʻrtacha) kuzatuvi joriy yilning 30- yanvar kuni Urganch shahridagi “To'maris-Nur” gipermarketida o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Bobojonov Urganch shahar statistika bo‘limi narx registratori A. Ahmadjanovga sotilayotgan mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatish va planshetlarga qayd etish davomida narxlarning shaffofligiga asosiy e’tiborni qaratishga doir zarur tavsiya va ko‘rsatmalarni berdi.
Axborot xizmati