31/01/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 1 399,7 mlrd so‘mni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 130,1 %ni tashkil etdi.

Jami asosiy kapitalga investitsiyalarning  11,6 %i  to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati