2023- yil yanvar- dekabr oylarida viloyatimiz bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 7 725,1 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 58,2 % ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 107,6 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Urganch shahri (1 801,1 mlrd so‘m), Urganch (700,5 mlrd so‘m), Xonqa (646,1 mlrd so‘m), Hazorasp (563,7 mlrd so‘m), Bog'ot (548,9 mlrd so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati