30/01/2024

Xorazm viloyatida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 6 347 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.



 Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 2 647 ta
sanoat sohasida – 1 132 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 690 ta
tashish va saqlash sohasida – 388 ta

yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 358 ta
qurilish sohasida – 240 ta
axborot va aloqa sohasida – 152 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 96 ta
boshqa sohalarda – 643 tani tashkil etgan.



Axborot xizmati