23/01/2024

Mamlakatimizda barcha sohani tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi ko‘pgina maqsadlar qatorida fuqarolarga qulaylik va erkinlar yaratilishini ko‘zlaydi. O‘z navbatida qabul qilinayotgan ana shunday huquqiy hujjatlarni aholiga etkazish ularning savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.

Joriy yilning 23- yanvarida Urganch shahridagi   “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inida viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan o‘tkazilgan seminarda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273- sonli va “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-8-sonli qarorlarining mazmun mohiyati tanishtirildi.

 

 Axborot xizmati