2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatning ulgurji savdo tovar aylanmasida kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 89,2 %ni yoki 6,4 trln so‘mni tashkil qilgan.
2022- yilning mos davri bilan taqqoslaganda ushbu ko‘rsatkich 9,9 %ga o‘sgan.
Hududlar ichida eng yuqori o‘sish Urganch shahri (11,1 %), Xonqa (9,4 %) va Urganch (9,1 %) tumanlarida qayd etilgan.
2024- yilning 1- yanvar holatiga viloyatda 2 288 ta kichik biznes subyekti ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatgan.
Axborot xizmati