2024- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 110 tani tashkil etgan, bu ko‘rsatkich jami viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 4,1 %iga teng bo‘lgan.
Soha korxonalarining hududlar kesimidagi soni quyidagicha bo‘lgan:
Urganch shahrida – 229 ta
Hazorasp tumanida – 164 ta
Xonqa tumanida – 119 ta
Urganch tumanida – 114 ta
Bog‘ot tumanida – 78 ta
Gurlan tumanida – 77 ta
Qo‘shko‘pir tumanida – 71 ta
Shovot tumanida – 69 ta
Xiva shahrida – 62 ta
Xiva tumanida – 54 ta
Yangiariq tumanida – 32 ta
Yangibozor tumanida – 22 ta
Tuproqqal’a tumanida – 19 ta.
Axborot xizmati