2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Xorazm viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan 4 789,7 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlarining jamiga nisbatan ulushi – 75,9 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari ulushi – 20,2 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari ulushi – 3,9 % ni tashkil etgan.