2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Hazorasp tumani tashqi savdo tovar aylanmasining 53,0 %i yoki 26,3 mln AQSH dollari tovar va xizmatlar eksporti hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning tegishli davriga nisbatan eksport hajmi 56,6 %ga ko‘paygan.
Davlatlar kesimida Hazorasp tumanidan eng ko‘p mahsulot MDH davlatlariga eksport qilingan
bo‘lib, qiymati 28,8 mln dollarni yoki jami eksportning 86,7 %ini tashkil qilgan.
Hudud eksportida eng yuqori ulush oziq-ovqat va tirik hayvonlar hissasiga to‘g‘ri kelib, 72,7 %ni yoki 19,9 mln dollarni tashkil qilgan.
Axborot xizmati



