12/01/2024

Joriy yilning 12-yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida hududiy statistika hamda tarmoq bo‘limlarning boshliqlari ishtirokida yangi qabul qilingan qonunlarnining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarga “ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi PQ-13- son Prezident qarorining mazmun va mohiyati yuzasidan ma’lumot berdi.


Mazkur huquqiy hujjatlarga tadbirkorlik subyektlari va aholining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatishga keng miqyosda o‘tishini rag‘batlantirish, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali jamoatchilik nazoratiga asoslangan rag‘batlantirish institutini yanada takomillashtirish maqsadida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgani ta’kidlandi.



Axborot xizmati