10/01/2024

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Hazorasp tumanida 218,5 mlrd so‘mlik savdo xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, 2022- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,8 %ni tashkil qilgan.

Tuman xizmatlar hajmida savdo xizmatlarining ulushi 25,5 %ga teng bo‘lgan.

Shuningdek, yuqori ulush moliyaviy (31,7 %) va transport (22,9 %) xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning 11 oyida Hazorasp tumanining bozor xizmatlari hajmi 857,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan (2022- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 112,9 %).

 


Axborot xizmati