2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Urganch tumanida jami 618 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan bo‘lib, shundan 609 tasini kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.
Yangi tashkil etilganlarning faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soniga nisbati 22,4 %ni tashkil qilgan.
Hududda yangi tashkil qilingan kichik biznes subyektlarining sohalar kesimidagi soni:
savdo – 254 ta
sanoat – 110 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 72 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 32 ta
qurilish – 29 ta
tashish va saqlash – 23 ta
axborot va aloqa – 15 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 11 ta
boshqa turlari – 63 ta.
Axborot xizmati