Yangiariq tumani 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga 19,0 mln AQSH dollari qiymatidagi tovarlar eksportini amalga oshirgan.
Shundan 12,3 mln dollari MDH davlatlari, 6,7 mln dollari boshqa xorijiy davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2022- yilning 11 oyiga nisbatan hududning eksport hajmida 38,7 % o‘sish kuzatilgan.
Eksport tarkibida yuqori ulush quyidagi tovarlar hissasiga to‘g‘ri kelgan:
oziq-ovqat mahsulotlari – 45,9 %
sanoat tovarlari – 41,0 %
har xil tayyor mahsulotlari – 11,4 %.
Axborot xizmati