29/12/2023

2023- yilning 29- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘ZQ-888-son, 25.12.2023- yil), “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-210-son, 21.12.2023- yil) hamda joriy yilning dekabr oyida mamlakatimiz qonunchiligiga kiritilgan yangiliklar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Boshqarma yuriskonsulti I.Otajonov  tomonidan xodimlarga qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib o‘tildi.

 


Axborot xizmati