2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Bog‘ot tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 45,0 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,4 %ga ko‘paygan.
TSA tarkibida eksport hajmi 22,0 mln dollarni, import 23,0 mln dollarni tashkil qilgan.
Eksport tarkibida yuqori hajm oziq ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 10,8 mln dollarga teng bo‘lgan.
Import tarkibida mashina va transport asbob-uskunalari (19,0 mln dollar) hajmi yuqori bo‘lgan.
Axborot xizmati