Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Urganch shahrining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 163,9 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 %ga ko‘paygan.
TSA tarkibida eksport hajmi 27,8 mln dollarni (o‘sish 3,1 %), import 136,2 mln dollarni (22,4 %) tashkil qilgan.
Xorijiy davlatlarga eng ko‘p sanoat mahsulotlari eksporti amalga oshirilib (18,9 mln dollar), import tarkibida yuqori hajm mashina va transport asbob-uskunalari (55,9 mln dollar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati