29/12/2023

2023- yilning  yanvar-noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, Hazorasp tumanida faoliyat yuritayotgan 227 ta sanoat korxonasi tomonidan hajmi 478,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarish umumiy hajmining 75,4 %i yirik korxonalar, 24,6 %i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Tuman sanoatining 77,1 % ulushini to‘qimachilik mahsulotlari tashkil etib, hisobot davrida 369,0 mlrd so‘mlik shu turdagi mahsulot  ishlab chiqarilgan.

 

Axborot xizmati