Respublikamizda 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida 80 973 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 31 501 ta
sanoat sohasida – 13 316 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 8 866 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 5 556 ta
qurilish sohasida – 4 565 ta
tashish va saqlash sohasida – 3 755 ta
axborot va aloqa sohasida – 2 742 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 1 358 ta
boshqa sohalarda – 9 314 tani tashkil etgan.
Matbuot xizmati