Joriy yilning 28- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajanov tomonidan Urganch shahridagi “Xorazm holidays” xususiy korxonasida huquqiy targ‘ibot doirasida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbirda “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-707-sonli Qonuni (2021- yil 11- avgust) va Vazirlar Mahkamasining “Statistika maʻlumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʻmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (2022- yil 24- noyabr) 672-son qarorlari mazmun-mohiyati, statistik ma’lumotlarni olish va ulardan foydalanish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan statistik hisobotlarni topshirish tartibi va talablari xususida korxona xodimlariga tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati