Joriy yilning 26- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajanov tomonidan “Urganch baxmal” MCHJ da huquqiy targ‘ibot doirasida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.
Korxonaning bir guruh mas’ul xodimlari uchun tashkil etilgan ushbu seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʻminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019- yil 9- apreldagi PQ-4273-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Statistika maʻlumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʻmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022- yil 24- noyabrdagi 672-sonli qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan statistika maʻlumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning yangi tizimi; statistika axborotidan foydalanish samaradorligini oshirish, davlat statistika hisobotini ishonchli ravishda yuritishni shakllantirish, axborotlarning umumfoydalanish uchun ochiqligi, oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati