2023- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyat chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 623,7 mlrd so‘mni tashkil qildi (2022- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 9,4 %ga kamaydi).
Bu ko‘rsatkich umumiy savdo hajmining 5,7 % ulushiga to‘g‘ri keldi.
Chakana savdoda yirik korxonalar tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari Xiva tumani (5,4 marta), Bog‘ot tumani (2,4 marta), Shovot tumani (118,3 %) va Tuproqqal’a tumanida (101,9 %) qayd etildi.
Axborot xizmati