19/12/2023

Xorazm viloyatining barcha hududlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi o‘tkazila boshlandi.
    2023- yilning 18-19- dekabr kunlari viloyatning Urganch va Xiva shaharlari hamda Bog‘ot tumanida ana shunday kuzatuvlar tashkil etildi.

   Mazkur o‘rganishlar davomida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning bir kunlik sotilgan tovarlari miqdori va kunlik savdo tushumlariga oid ma’lumotlar qayd etib boriladi.

 

Axborot xizmati