Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bugun, 19-dekabr kuni Statistika agentligi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, xotin-qizlar tashkiloti raisi Z.Talipova ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilishda boshqarmada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar qatnashdilar.
Talipova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 14- oktabrdagi 595-sonli “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va shu asosda tasdiqlangan “ Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining Namunaviy qoidalari”ga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, yig‘ilganlarning e’tiborini kasbiy madaniyat, xizmat faoliyati va xizmatdan tashqari vaqtda fuqarolik xizmatchisining odob-axloqi kabi muhim tartiblari har bir xodimning maqomini belgilab berishiga qaratdi.
Shu bilan bir qatorda boshqarmada tuzilgan xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotining faoliyati va uning ayollar hayotidagi o‘rni yuzasidan suhbatlashildi.Talipova tomonidan hududiy boshqarmada tashkil etilgan boshlang‘ich tashkilotiga xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yaxshilashga e’tibor qaratish bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi. Shuningdek, yig‘ilishda o‘tayotgan yilning yakuni sarhisob qilinib, yangi 2024- yilda boshlang‘ich tashkilotlari oldida turgan vazifalar muhokama etildi, xususan, respublika miqyosida statistika tizimida ayollar o‘rtasida ko‘rik-tanlovlarni tashkil etish taklifi ilgari surildi.
Axborot xizmati