18/12/2023

2023- yil 1- dekabr holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 24 560 ta tijorat korxona va tashkilotlarining 14 206 tasini  mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tashkil etgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 255 ta ko‘payib, o‘sish sur’ati 101,8 %ni tashkil qilgan.

Sohalar kesimida o‘sish sur’atlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng yuqori ko‘rsatkich yashash va ovqatlanishda 118,2 %, savdoda – 113,9 %, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 112,4 %, tashish va saqlashda – 109,8 %, axborot va aloqada – 107,7 %ni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati