15/12/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 15-dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasi bir guruh yosh mutaxassislarining Urganch tumanidagi " URGTEX SELIM MELANGE " MCHJ ga ekskursiyasi tashkil etildi. Ushbu korxona yangi ish faoliyatini boshlagan bo‘lib, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Mutaxassislar ekskursiya davomida korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

 


Axborot xizmati