Ma’lumki, joriy yilning 15- noyabrida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘ZR-878- sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Ushbu qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonuniga bir qator o‘zgarishlar kiritildi.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 15- dekabr kuni o‘tkazilgan huquqiy yo‘nalishdagi seminar ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlandi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov qonunchilikdagi shu va boshqa yangiliklar bilan xodimlarni batafsil tanishtirdi.
Axborot xizmati