15/12/2023

2023- yil  yanvar-oktabr oylarida Bog‘ot tumanining mahsulot (xizmatlar) importi hajmi 21,2 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  bu ko‘rsatkich 4,1 marta oshgan.

Import tarkibida eng yuqori hajm mashina va transport asbob-uskunalari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 17,9 mln dollarni yoki  umumiy hajmning 84,1 %ini tashkil qilgan.

Shuningdek, ko‘rsatilgan davrda xorijdan 2,2 mln dollar qiymatidagi oziq-ovqat, 0,6 mln dollarlik kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash mahsulotlar importi amalga oshirilgan.

 

Axborot xizmati