Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida raqamlanmagan xonadonlarga raqam, ko‘chalarga nom belgilari o‘rnatilish holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda. O‘z navbatida ushbu ishlarning natijalari monitoring qilinib, natijalari tuman va shahar hokimliklariga ma’lumotnoma tariqasida taqdim etilmoqda.
Axborot xizmati