14/12/2023

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatda 6 103 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan bo‘lib, ularning faoliyat yuritayotganlar soniga nisbati 22,1 %ni tashkil qilgan.

Yangi tashkil etilgan korxonalar sonining iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi:

savdoda – 2 529 ta

sanoatda – 1 064 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 641 ta

tashish va saqlashda – 374 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 328 ta

qurilishda – 224 ta

axborot va aloqa sohasida – 141 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 94 ta

boshqa turlari – 708 ta.

 

Axborot xizmati