13/12/2023

Joriy yilning 1- dekabr holatiga viloyat bo‘yicha 24 424 ta kichik biznes subyektlari faoliyat ko‘rsatgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo (9 426 ta), sanoat (4 140 ta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (2 750 ta), qurilish (1 766 ta), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (1 666 ta) sohalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududiy kesimda eng ko‘p kichik biznes subyektlari Urganch shahrida ( umumiy sonning 18,7 %i), Urganch tumani (11,1 %i), Xiva shahri (8,0 %i), Qo‘shko‘pir (8,1 %i) va Xonqa (7,5 %i) tumanlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Axborot xizmati