2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Shovot tumani korxonalari tomonidan 623,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarishning 83,0 %i yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmida eng yuqori ulushga ega sohalar:
to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 70,7 %
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 17,2 %
boshqa nometall mineral mahsulotlari ishlab chiqarish – 4,6 %
kiyim ishlab chiqarish – 3,7 %
mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish – 0,8 %.
Axborot xizmati