07/12/2023

7- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 8- dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Tadbir boshqarmaning yuridik  xizmati va kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida tashkil etildi. Unda bosh yuriskonsult I.Otajonov ma’ruza bilan chiqish qilib, Konstitutsiya va qonunlarning davlatchilik negizlarining mustahkamligida tutgan o‘rni va roli, mamlakatimizning Asosiy Qonuniga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.



Axborot xizmati