07/12/2023

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha 18,5 kvadrat metrni tashkil etgan.



Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 0,3 kvadrat metrga oshgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga MDH davlatlarida aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi (har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha to‘g‘ri keladigan kvadrat metr):

— Armaniston – 35,5 kv. m.

— Moldova – 35,3 kv. m.

— Belarus R. – 29,4 kv. m.

— Rossiya – 28,2 kv. m.

— Qozog‘iston – 23,4 kv. m.

— Ozarbayjon – 20,1 kv. m.

— O‘zbekiston – 18,5 kv. m.

— Qirg‘iz R. – 13 kv. m.

— Tojikiston – 10,9 kv. m.

Raqamlar davlatlarning rasmiy statistika ma’lumotlaridan olingan.



 Matbuot xizmati