05/12/2023

 Joriy yilning 10 oyida Qo‘shko‘pir tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 492,0 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 168,0 mlrd so‘mi (34,1 %i) uyushmagan savdo hissasiga to‘g‘ri kelgan.

O‘tgan yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan savdo hajmining o‘sish sur’ati 102,2 % darajada qayd etilgan.

Savdo hajmining  95,5 mlrd so‘mi dehqon bozorlari, 72,5 mlrd so‘mi chorva (parranda) bozorlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati