Har bir soha xodimlarning mamlakatimizda qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi, nafaqat ularning huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirishga, balki fuqarolik pozitsiyasini anglab etishiga ham ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Shu maqsadda statistika tizimida huquqiy targ‘ibot tadbirlari (seminar, ochiq muloqot) muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.
Bugun, 1- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (2023- yil 27- noyabr) PF-200-sonli hamda “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2021- yil 23- mart) PF-6191-sonli Farmonlarining mazmun-mohiyatini tanishtirishga bag‘ishlandi.
Boshqarma yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarga ushbu qonunchilik hujjatlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
Axborot xizmati