Xorazm viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 24- noyabr kuni o‘tkazilgan huquqiy yo‘nalishdagi seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonining mazmunini targ‘ib etishga bag‘ishlandi.
2023- yilning 11- sentabrida tasdiqlangan ushbu strategiyani amalga oshirish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
“O‘zbekiston-2030” strategiyasining aholi daromadlarini oshirish, aholi talablariga va xalqaro standartlariga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yaratish, xalqqa xizmat qiladigan adolatli davlatni barpo etish, mamlakat xavfsizligini kafolatli ta’minlash kabi asosiy g‘oyalari seminar ishtirokchilariga atroflicha tushuntirib berildi.
Axborot xizmati