2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Urganch tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 980,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,4 % darajada qayd etilgan.
Viloyat savdo hajmida hududning ulushi 12,0%ni tashkil etgan.
Chakana savdo umumiy hajmining 97,3 %i yoki 954,2 mlrd so‘mi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2023- yilning 1- oktabr holatiga tumanda 1 128 ta kichik korxona va mikrofirma shu sohada faoliyat yuritgan.
Axborot xizmati