Viloyatimizning bir qator shahar va tumanlarida yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi o'zini-o'zi band qilgan jismoniy shaxslarning faoliyati tanlanma asosda kuzatilib, shular asosida muhim statistik ma’lumotlar olinmoqda.
Joriy yilning 22- noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi Xizmatlar statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Egamov Shovot tumanida bo‘lib, aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar faoliyatini o‘rgandi.
Kuzatuv davomida xizmat ko‘rsatish hajmining bir kunlik va o‘rtacha hajm ko‘rsatkichlari qayd etib borildi.
Axborot xizmati