Joriy yilning noyabr oyi uchinchi o‘n kunligidan e’tiboran viloyatimizda o‘tkazila boshlangan xizmatlar sohasidagi choraklik tanlanma kuzatuvlari bugun Qo‘shko‘pir tumanida davom etdi.
Viloyat statistika boshqarmasi Xizmatlar statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Egamov hududiy statistika bo‘limining kuzatuvlar uchun mas’ul xodim Sh.Amanbayev bilan birgalikda bir qator xizmat ko‘rsatish shahobchalarida aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan xizmat ko‘rsatish hajmining bir kunlik va o‘rtacha hajm ko‘rsatkichlarini o‘rgandilar.
Axborot xizmati