Shovot tumanida 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida 687,2 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʻati 108,5 %ni tashkil qilgan.
Jami qishloq xoʻjalik mahsulotlarining 45,5 %i dehqonchilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining tarkibi:
don – 43,0 ming tonna, shundan bug‘doy – 36,9 ming tonna
kartoshka – 15,8 ming tonna
sabzavotlar – 31,8 ming tonna
poliz ekinlari – 8,5 ming tonna
meva va rezavorlar – 15,9 ming tonna
uzum – 1,5 ming tonna.
Axborot xizmati