2023- yilning 1- oktabr holatiga Shovot tumanining doimiy aholisi soni 179 296 kishini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,8 % darajani qayd etgan.
Doimiy aholi tarkibida:
erkaklar – 89 579 kishini
ayollar – 89 717 kishini tashkil qilgan.
Hududda shu yilning 9 oyida 2974 ta tug‘ilish holati qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga tug‘ilish koeffitsiyenti 22,3 promilleniga teng bo‘lgan.
Shuningdek, shu davrda FHDYO organlari tomonidan 874 ta nikoh, 170 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.
Axborot xizmati