Davlat statistika dasturiga asosan respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, viloyatimizda ham 2023- yilning 4 choragida xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslardan tanlanma so‘rovnoma o‘tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan 20- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida seminar tashkil etildi.
Seminarda mazkur kuzatuvlarni tashkil etishda mas’ul xodimlarga ahamiyat qaratishi kerak bo‘lgan jihatlar, xususan, planshet orqali oʻtkaziladigan tanlama kuzatuvlarni qat՚iy ravishda belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi, soʻrovnomalarni chuqur tahlil qilgan holda qayta ishlanishi, ulardagi muammoli holatlar va kamchiliklarning yechimini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va xatosiz toʻldirilishini ta՚minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati