2023- yilning 20- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy targ‘ibotga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksiga hamda Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2023- yil 31- oktabr) O‘RQ-874-sonli Qonuni xususida bosh yuriskonsult I.Otajonov tomonidan zarur ma’lumotlar berildi.
Kiritilayotgan o‘zgarishlar asosan nikoh yoshi qonunchiligiga oid bo‘lib, bu bo‘yicha kiritilayotgan yangi moddalarning mohiyatiga batafsil to‘xtab o‘tildi.
Axborot xizmati