2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Gurlan tumani xorijga qiymati 18,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan mahsulotlar eksportini amalga oshirgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 marta oshgan.
Bu ko‘rsatkich tuman tashqi savdo tovar aylanmasining 74,7 %ini tashkil qilgan.
Eksport tarkibida yuqori ulushga ega tovarlar:
oziq-ovqat mahsulotlari – 73,5 %
har xil tayyor mahsulotlar – 14,3 %
sanoat mahsulotlari – 8,4 %.
Axborot xizmati