17/11/2023

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Hazorasp tumani xorijiy davlatlarga qiymati 22,0 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan mahsulot (xizmatlar) eksportini amalga oshirgan.

Bu ko‘rsatkich tuman tashqi savdo aylanmasining 52,9 %ini tashkil qilgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan eksport hajmi 43,7 %ga ko‘paygan.

Eksport tarkibida eng yuqori ulush oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 72,1 %ni yoki 15,9 mln dollarni tashkil etgan.

Joriy yilning 9 oyida Hazorasp tumani eksportining 85,2 %i MDH davlatlariga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati