2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Shovot tumanining eksport hajmi 19,8 mln AQSH dollarini tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,2 % darajada qayd etilgan.
Tuman tashqi savdo tovar aylanmasini hajmining 42,0 %i eksport hissasiga to‘g‘ri kelgan.
MDH davlatlariga 6,3 mln dollarlik, boshqa xorijiy davlatlarga 13,5 mln dollarlik tovar (xizmatlar) eksporti amalga oshirilgan.
Umumiy hajmda yuqori ulush sanoat tovarlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 73,1 %ni yoki 14,4 mln dollarni tashkil qilgan.
Axborot xizmati