2023- yilning 16- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov Yangibozor tumanidagi “Hamid Olimjon” mahallasidan S.Xaitov xonadonida uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.
So‘rovnoma shaklida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida respondentdan olingan ma’lumotlar boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi Yu.Polvonova tomonidan qayd etib borildi
Ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan mazkur kuzatuvlar uy xo‘jaliklari turmush tarzi darajasini tahlil qilish uchun doimiy va ishonchli ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Axborot xizmati