Xorazm viloyati statistika boshqarmasida shu yilning 15- noyabr kuni “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida seminar o‘tkazildi.
Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarga “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va boshqa qonunosti hujjatlar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Xususan, tizimda turli ko‘rinishdagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda har bir xodim bilishi kerak bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati