16/11/2023

2023– yilning yanvar– sentabr oylarida viloyatimizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 382,5 mln dona tuxum ishlab chiqarildi.

Bu ko‘rsatkich 2022– yilning yanvar– sentabriga nisbatan 3,9 %ga kamaygan.

Tuxum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, umumiy hajmning 72,3 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgani kuzatilgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p tuxum Urganch (65,3 mln), Xonqa (63,0 mln), Bog‘ot (42,1 mln) va Xiva (37,1 mln dona) tumanlarida ishlab chiqarilgan.

 

 

Axborot xizmati