2023- yilning 15- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Polvonova ishtirokida Urganch shahridagi 22-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminar o‘quvchilar o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.
Axborot xizmati